«Hilol-Nashr» — eng yaxshi nashriyot va kitob doʻkoni!
Nashriyotimiz eduON onlayn taʼlim platformasi tomonidan tashkil qilingan «Edu-Branding» tanlovida ishtirok etdi. Tanlovda Oʻzbekistondagi turli yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshilari aniqlandi. Jumladan, «Eng yaxshi IT maktab», «Eng yaxshi chet tillari oʻqitish markazi», «Eng yaxshi oʻquv markaz», «Eng yaxshi biznes maktab» va boshqalar.
«Hilol-Nashr» nashriyoti ham ushbu tanlovning «Eng yaxshi nashriyot va kitob doʻkoni» yoʻnalishida ishtirok etdi va oliy oʻrinni egallab gʻolib boʻldi. Ushbu natijaga erishishda bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha kitobxonlarga, obunachilarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz.